O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi.

Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

— jurnalistika sohasini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslari, zamonaviy mediatexnologiyalarni chuqur o‘zlashtirgan, yuqori malakali jurnalist kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;

— mamlakatimizning ommaviy kommunikatsiya va jurnalistika sohasida erishgan yutuqlari, xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasi va hududlarda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalarining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, tegishli yo‘nalishlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish, shuningdek, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini va masofadan o‘qitish usullarini joriy etish;

— jurnalistika sohasi ta’limini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;

— o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida pedagogika sohasidagi yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

— istiqbolli yosh bitiruvchilarni xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining magistratura va doktoranturasida ta’lim olish uchun muntazam yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;

— respublika ommaviy axborot vositalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-metodik bazasini shakllantirish va o‘quv-metodik rahbarlikni amalga oshirish.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tuzilmasi, universitetning 2018–2021 yillarda rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

2018/2019-o‘quv yilida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasi asosida Universitetning tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish kirish test sinovlari bilan bir qatorda ularning kasb layoqatini aniqlashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon (yozma va suhbat shaklida) o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zMU va O‘zDJTUda «Jurnalistika» ta’lim yo‘nalishi va uning negizidagi magistratura mutaxassisliklari, shu jumladan, «Oliy jurnalistika kurslari» bo‘yicha qabul to‘xtatiladi hamda ushbu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar o‘qishni bitirgunlariga qadar mazkur oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini davom ettiradilar.

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Universitetga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlarini o‘rganib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga Universitetning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotalarini shakllantirish yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritadi. Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotalari 2018/2019 o‘quv yilida Universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan qabul kvotalarining 30 foizigacha bo‘lgan miqdorda belgilandi.

TA’LIM YO‘NALISHLARI

# Shifr Ta’lim yo‘nalishi nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar nomi Ball
1 5152000 Mediadizayn

MATEMATIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

1.1

2 5220101 Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi

ONA TILI VA ADABIYOTI

INGLIZ TILI

3.1

1.1

3 5220102 Jurnalistika: teleradio jurnalistikasi

ONA TILI VA ADABIYOTI

INGLIZ TILI

3.1

1.1

4 5220104 Jurnalistika: xalqaro jurnalistika

ONA TILI VA ADABIYOTI

INGLIZ TILI

3.1

1.1

5 5220105 Jurnalistika: sport jurnalistikasi

ONA TILI VA ADABIYOTI

INGLIZ TILI

3.1

1.1

6 5220200 Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

ONA TILI VA ADABIYOTI

INGLIZ TILI

3.1

1.1

7 5220400 Mediamarketing va reklama

MATEMATIKA

INGLIZ TILI

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

8 5220103 Jurnalistika: internet jurnalistika

ONA TILI VA ADABIYOTI

INGLIZ TILI

3.1

1.1

O‘TISH BALLARI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili O‘tish ballari
Davlat granti To‘lov shartnoma

QABUL REJASI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili Jami Davlat granti To‘lov shartnoma
1 Mediadizayn o'zb 10 3 7
2 Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi o'zb 10 4 6
3 Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi rus 5 1 4
4 Jurnalistika: teleradio jurnalistikasi o'zb 10 4 6
5 Jurnalistika: teleradio jurnalistikasi rus 5 1 4
6 Jurnalistika: internet jurnalistika o'zb 10 3 7
7 Jurnalistika: xalqaro jurnalistika o'zb 10 3 7
8 Jurnalistika: sport jurnalistikasi o'zb 10 3 7
9 Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar o'zb 14 4 10
10 Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar rus 6 2 4
11 Mediamarketing va reklama o'zb 10 3 7