Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali tashkil etildi.

Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat qabul komissiyasining 2018-yil 23-yanvardagi 12-sonli bayonnomasi asosida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialiga joriy o‘quv yili uchun 300 nafar surxondaryolik yoshlar tumanlar kesimidagi shifokorlarga bo‘lgan extiyojlarni qoplash maqsadida ajratilgan kvotalar asosida qabul qilindi. Ushbu talabalar bugungi kunda aniq maqsadi va ish joyiga ega. Chunki har bir talaba viloyat xokimligi bilan kelishgan holda qishloq oilaviy poliklinikalari, kishloq vrachlik punktlarida ishlash uchun shartnoma imzolagan.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali eng so‘nggi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyotga oid barcha asbob-uskunalar — fantom va mulyajlar, laboratoriya anjomlari bilan jihozlangan. Oliy ta’lim dargohida tibbiyotga oid adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan axborot resurs markazi, turar joy va yotoqxonalar, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy yopiq sport inshootlari barpo etilgan.

FAKULTETLAR

Davolash fakulteti

OLIYGOH JOYLASHUVI

TA’LIM YO‘NALISHLARI

# Shifr Ta’lim yo‘nalishi nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar nomi Ball
1 5510100 Davolash ishi

BIOLOGIYA

KIMYO

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

2 5510106 Davolash ishi (Surxondaryo)
3 5510107 Davolash ishi (Qashqadaryo)
4 5510200 Pediatriya ishi

BIOLOGIYA

KIMYO

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

5 5510206 Pediatriya ishi (Surxondaryo)

O‘TISH BALLARI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili O‘tish ballari
Davlat granti To‘lov shartnoma

QABUL REJASI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili Jami Davlat granti To‘lov shartnoma
1 Davolash ishi o'zb 194 0 194
2 Davolash ishi rus 16 0 16
3 Davolash ishi (Surxondaryo) o'zb 64 64 0
4 Davolash ishi (Surxondaryo) rus 6 6 0
5 Davolash ishi (Qashqadaryo) o'zb 18 18 0
6 Davolash ishi (Qashqadaryo) rus 2 2 0
7 Pediatriya ishi o'zb 34 0 34
8 Pediatriya ishi rus 6 0 6
9 Pediatriya ishi (Surxondaryo) o'zb 8 8 0
10 Pediatriya ishi (Surxondaryo) rus 2 2 0