Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi

Toshkent xoreografiya bilim yurti 1947-yilda O‘z SSR Ministrlar sovetining 14-sentabrdagi 1480-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrida tashkil etilgan. Ushbu bilim yurtida xoreografiya san’atining mumtoz va milliy raqs turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlangan. Bilim yurtida Usta Olim Komilov va Tamaraxonum yetakchiligida o‘zbek xoreografiya san’atining rivojiga juda katta hissa qo‘shgan san’atkorlar ta’lim olganlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-yanvardagi PF 1695-sonli "O‘zekistonda milliy raqs va xoreografiya sa’natini rivojlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevral 101-sonli qaroriga binoan A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining xoreografiya bo‘limi va O‘zbek xoreografiya bilim yurtlari negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etilib, xoreografiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlay boshladi.

Bugungi kunda Oliy maktabda 1 ta fakultet, 3 ta kafedra faoliyat ko’rsatmoqda. 2 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va 2 ta mutaxassislik yuzasidan magistrlar tayyorlanmoqda.

FAKULTETLAR

Xoreografiya san’ati fakulteti

OLIYGOH JOYLASHUVI

TA’LIM YO‘NALISHLARI

# Shifr Ta’lim yo‘nalishi nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar nomi Ball
1 5150204 San'atshunoslik: xoreografiya
2 5151300 Xoreografiya (turlari bo`yicha)

O‘TISH BALLARI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili O‘tish ballari
Davlat granti To‘lov shartnoma
1 San'atshunoslik: xoreografiya o'zb 119.3 107.8
2 San'atshunoslik: xoreografiya rus 127.8 104.2
3 Xoreografiya (turlari bo`yicha) o'zb 117.5 106.9
4 Xoreografiya (turlari bo`yicha) rus 123.7 86.1

QABUL REJASI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili Jami Davlat granti To‘lov shartnoma
1 San'atshunoslik: xoreografiya o'zb 19 8 11
2 San'atshunoslik: xoreografiya rus 6 2 4
3 Xoreografiya (turlari bo`yicha) o'zb 53 18 35
4 Xoreografiya (turlari bo`yicha) rus 22 7 15