Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti

Toshkent politexnika institutining "Avtomobil va yo‘llar" fakulteti negizida 1972-yil 1-sentyabrdan boshlab "Toshkent avtomobil yo‘llari" instituti barpo etildi.

Avtomobil yo‘llari qurilishi sohasida yuqori malakali mutahassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va shuning asosida O‘zbekiston milliy avtomagistralini, umumrespublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini istiqbolda rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish talablari hamda vazifalarini hisobga olgan holda respublikaning loyiha, qurilish va eksplutaciya qilish tashkilotlarining yuqori malakali muhandis kadrlarga nisbatan ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-avgustdagi "Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi PQ-2580-son qarori va Oliy va o‘rta mahsus ta'lim Vazirligining 2016-yil 29-avgustdagi 362-son buyrug`iga asosan Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti sifatida qayta tashkil etildi.

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, oliy ta'limning asosiy va qo‘shimcha ta'lim Dasturlarini bajarish bo‘yicha ta'lim faoliyati bilan shug`ullanadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta'lim hizmatlarini ko‘rsatadi.

O‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy texnik o‘quv vositalari – kompyuter sinflari, elektron doska, teleko‘rsatuv, lingafon xonalaridan keng foydalanilmoqda, yangi pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda.

Talabalarni amaliyotga tayyorlash ishlari o‘quv jarayonini real ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda takomillashtirib borilmoqda. Ko‘plab talabalar kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarida, loyiha-konstruktorlik byurolarida faol ishtirok etmoqdalar.

Institutda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Yuqori ko‘rsatkichlar bilan o‘qiyotgan talabalar Prezident va mashhur olimlarimiz Beruniy, Ulug‘bek nomlari bilan ataladigan stipendiya bo‘yicha Respublika tanlovlarida qatnashib kelmoqdalar va sovrinli o‘rinlarni egallamoqdalar.

Bu institut Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur soha bo‘yicha yagona Oliy o‘quv dargohi hisoblanadi.

FAKULTETLAR

Avtomobil yo’llarini va inshoatlarini loyixalash va qurish fakulteti

Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi va transport tizimlari fakulteti

 

OLIYGOH JOYLASHUVI

TA’LIM YO‘NALISHLARI

# Shifr Ta’lim yo‘nalishi nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar nomi Ball
1 5111068 Kasb ta'limi (avtomobil yo`llari, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar va aerodromlar qurilishi)

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

2 5232900 Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

MATEMATIKA

INGLIZ TILI

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

3 5310900 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo`yicha)

FIZIKA

MATEMATIKA

NEMIS TILI

3.1

2.1

1.1

4 5313100 Avtomobil transporti, yo`l-qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

5 5340600 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo`yicha)

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

6 5341100 Qiymat injiniringi

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

7 5341400 Avtomobil yo`llari, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

8 5341500 Shahar yo`llari va ko`chalari

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

9 5341600 Avtomobil yo`llarini obodonlashtirish va arxitektura-landshaft loyihalash

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

10 5620300 Transport logistikasi (avtomobil transporti)

MATEMATIKA

FIZIKA

INGLIZ TILI

3.1

2.1

1.1

11 5620400 Yo`l harakatini tashkil etish

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

12 5630100 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

KIMYO

MATEMATIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

O‘TISH BALLARI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili O‘tish ballari
Davlat granti To‘lov shartnoma
1 Kasb ta'limi (avtomobil yo`llari, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar va aerodromlar qurilishi) o'zb 132.1 92.9
2 Kasb ta'limi (avtomobil yo`llari, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar va aerodromlar qurilishi) rus 81.5 68.0
3 Avtomobil transporti, yo`l-qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi o'zb 134.7 81.9
4 Avtomobil transporti, yo`l-qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi rus 119.9 73.5
5 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo`yicha) o'zb 119.1 78.6
6 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo`yicha) rus 100.6 76.9
7 Qiymat injiniringi o'zb 113.8 76.4
8 Qiymat injiniringi rus 110.6 84.7
9 Avtomobil yo`llari, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish o'zb 115.8 81.0
10 Avtomobil yo`llari, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish rus 102.3 75.7
11 Shahar yo`llari va ko`chalari o'zb 115.7 84.9
12 Transport logistikasi (avtomobil transporti) o'zb 153.3 122.2
13 Transport logistikasi (avtomobil transporti) rus 135.5 99.0

QABUL REJASI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili Jami Davlat granti To‘lov shartnoma
1 Kasb ta'limi (avtomobil yo`llari, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar va aerodromlar qurilishi) o'zb 40 15 25
2 Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) o'zb 25 5 20
3 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo`yicha) o'zb 25 5 20
4 Avtomobil transporti, yo`l-qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi o'zb 176 48 128
5 Avtomobil transporti, yo`l-qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi rus 44 12 32
6 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo`yicha) o'zb 125 42 83
7 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo`yicha) rus 25 8 17
8 Qiymat injiniringi o'zb 25 10 15
9 Qiymat injiniringi rus 15 5 10
10 Avtomobil yo`llari, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish o'zb 100 32 68
11 Avtomobil yo`llari, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish rus 25 8 17
12 Shahar yo`llari va ko`chalari o'zb 25 10 15
13 Avtomobil yo`llarini obodonlashtirish va arxitektura-landshaft loyihalash o'zb 50 10 40
14 Transport logistikasi (avtomobil transporti) o'zb 65 14 51
15 Transport logistikasi (avtomobil transporti) rus 25 6 19
16 Yo`l harakatini tashkil etish o'zb 25 5 20
17 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) o'zb 25 5 20