Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) O’zbekiston Respubikasi Prezidentining 1992-yil 23-sentyabrdagi PF-474-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan.

Oliygohning asosiy vazifalari:

—  jahon iqtisodiyoti, davlatlararo munosabatlar, diplomatiya, huquq va xalqaro jurnalistika sohasida yuqori malakali mutaxassis tayyorlash;

—  xuddi shunday yo’nalishdagi xorijiy mamlakatlarning universitetlari bilan ilmiy, madaniy hamda boshqa amaliy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, ular bilan hamkorlik va o’zaro yordam to’g’risida uzoq muddatli shartnomalar tuzish;

— mazkur ixtisosliklar bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, boshqa mamlakatlarning o’quv yurtlari, davlat, jamoat va xususiy tuzilmalari, firmalari, banklari bilan hamkorlik qilish;

—  talaba va xodimlarning chet ellarda malaka oshirishlarini ta’minlash;

— xorijiy mamlakatlarning elchixonalari, konsulxonalari, boshqa vakolatxonalari hamda tashkilotlari bilan amaliy aloqalar asosida xalqaro munosabatlar sohasida keng ixtisosli mutaxassislar tayyorlash, jahon tajribasini o’rganish va undan foydalanish;

—  xorijy olimlar, mutaxassislar, ishbilarmon kishilarni keng ko’lamda jalb etib, universitet ixtisosi bo’yicha shartnoma asosida turli maktablar, kurslar, seminarlar, uslubiy va maslahat punktlarini tashkil qilish;

—  jahon iqtisodiyoti va biznes, davlatlararo munosabatlar, diplomatiya, xalqaro huquq va jurnalistika sohasida ko’p tomonlama tadqiqotlar va ishlanmalar bo’yicha ilmiy markazlar, kengashlar, laboratoriya tashkil qilish, shu jumladan, shartnoma asosida barpo etish.

Hozirda universitet tuzilmasida 3 ta fakultet- “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Xalqaro huquq” “Xalqaro munosabatlar” “Til ta`limi” markazi, Boshqaruv instituti, Diplomatik kurslar, Yuridik klinika, Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Axborot texnologiyalari va masofaviy ta`lim markazi, Axborot resurs markazi, Davlat boshqaruvi va ommaviy huquq tadqiqot markazi, Yapon va koreys tillari markazi, Muzokaralar laboratoriyasi, Tarjimonlarni tayyorlash markazi, Akademik litsey va 18 ta kafedralar faoliyat ko’rsatmoqda.

Bugungi kunda Universitetda 8 yo’nalish bo’yicha bakalavriat (5 yil) va magistraturadan (2 yil) hamda 3 ilmiy mutaxassislik bo’yicha doktoranturadan (3 yil) iborat bo’lgan 3 bosqichli ta’lim tizimi amalga oshirilmoqda. Shuningdek universitet talabalari 7 ta til kafedrasida 13 ta xorijiy til bo’yicha tahsil oladilar.

FAKULTETLAR

Xalqaro munosabatlar fakulteti

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti

Xalqaro xuquq fakulteti

Til ta'limi markazi fakulteti

 

OLIYGOH JOYLASHUVI

TA’LIM YO‘NALISHLARI

# Shifr Ta’lim yo‘nalishi nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar nomi Ball

O‘TISH BALLARI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili O‘tish ballari
Davlat granti To‘lov shartnoma
1 Jahon siyosati (mintaqalar bo`yicha) o'zb 0.0 169.1
2 Jahon siyosati (mintaqalar bo`yicha) rus 0.0 153.9
3 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo`yicha) o'zb 261.3 154.9
4 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo`yicha) rus 205.2 166.0
5 Yurisprudensiya (halqaro huquqiy faoliyat) o'zb 281.7 194.1
6 Yurisprudensiya (halqaro huquqiy faoliyat) rus 247.9 165.3

QABUL REJASI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili Jami Davlat granti To‘lov shartnoma