O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professional ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatuvchi, davlat akkreditatsiyasidan о‘tgan, bitiruvchilarga oliy ta’limning 2 bosqichi(bakalavriat va magistratura) bо‘yicha diplom bera oladigan davlat tasarrufidagi oliy о‘quv yurtidir. 

Institut О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 4-iyundagi N1771-sonli farmoniga kо‘ra Toshkent davlat  madaniyat instituti va О‘zbekiston davlat san’at  instituti asosida tashkil etilgan. 

Institut madaniyat va san’at sohasiga bevosita aloqador bо‘lgan bir qancha tor mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi о‘ziga xos oliy ma’lim muassasasi sanaladi. О‘quv yurtda ta’lim jarayonida fan va san’at, ijodiy faoliyat va amaliy texnologiyalar uyg‘unlashgan. Institutimizning 3 fakulteti va 18 kafedrasida talabalar ta’limning 30 yо‘nalishi va 8 ixtisosligi bо‘yicha tahsil oladilar. Institut aktyorlik mahorati va rejissura, san’atshunoslik va teatrshunoslik, ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati, xalq ijodiyoti, madaniyat va san’at muassasalarini boshqaruv kabi soha mutaxassislarini tayyorlaydi. 

Hozirgi kunda institutda 1600 dan ortiq talaba va magistrant tahsil oladi. Institutda faoliyat yuritayotgan 225 ta о‘qituvchi, shu jumladan 33 nafar professor, 45 nafar dotsent va fan nomzodlari, fan, ta’lim, san’at va madaniyat sohasida xizmat kо‘rsatgan, faxriy unvon egasi bо‘lgan 23 pedagog ta’limning yukori darajada bо‘lishini ta’minlab kelmoqda.

Zamonaviy informatika texnologiyalari ta’lim jarayonida faol qо‘llanmoqda, multimediyali texnika va dasturiy vositalardan foydalanilmoqda. О‘quv jarayoni madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. 

Badiiy-ijodiy faoliyat institut hayotida muhim о‘rin tutadi. Institut da tashkil etilgan talabalarning kо‘plab ijodiy jamoa va studiyalari turli festival va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 

Institutda nashr etilayotgan “Ijodiy parvoz” gazetasi saxifalarida talaba va о‘qituvchilarni hayajonga solgan о‘quv yurti hayotidagi voqealar hikoya qilinadi. Institut xalqaro munosabatlar sohasida ham faollashib, xorijiy oliy о‘quv yurtlaridan san’at va madaniyat sohasida yetuk kadrlarni tayyorlashga oid о‘zaro foydali takliflarni kо‘rib chiqmoqda. 

Talaba va professor-о‘qituvchilar institutning boy axborot-resurs markazidan foydalanib kelmoqdalar. Unda 100 mingdan ziyod adabiyot mavjud. ARM fondida institut professional faoliyatiga doir bо‘lgan nodir va kameb nashrlar ham mavjud.  Institutda elektron ta’lim resurslarini yaratish bо‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Institut qoshida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyat yuritmoqda. Markazning maqsadi san’at va madaniyat sohasidagi о‘rta-maxsus va oliy о‘quv yurtlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdir. 

Yangi binolarning qad kо‘tarishi va eski о‘quv binolarining ta’mirlanishi natijasida institut о‘ziga xos о‘quv shaharchasiga ega bо‘ldi. Shaharcha hududida ijodiy ustaxonalar, о‘quv teatri va axborot-resurs markazi qad kо‘tardi. Bundan tashqari institut hududidan о‘quv binosi, administratsiya binosi, talabalar turar joylari, sport majmuasi, yopiq basseyn, ochiq sport maydonchalari о‘rin olgan.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ta’limning an’anaviy va innovatsion uslublarini mohirona qо‘llab kelayotgan faol rivojlanayotgan navqiron oliy о‘quv yurtidir.

FAKULTETLAR

Teatr san'ati fakulteti

Kino, televideniye va radio san'ati fakulteti

Xalq ijodiyoti fakulteti

OLIYGOH JOYLASHUVI

OLIYGOH FILIALLARI

TA’LIM YO‘NALISHLARI

# Shifr Ta’lim yo‘nalishi nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar nomi Ball
1 5111051 Kasb ta'limi: xalq ijodiyoti (cholg`u ijrochiligi)

ONA TILI VA ADABIYOTI

TARIX

3.1

1.1

2 5111075 Kasb ta'limi: xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi)

ONA TILI VA ADABIYOTI

TARIX

3.1

1.1

3 5150207 San'atshunoslik: sahna va ekran san'ati dramaturgiyasi
4 5150208 San'atshunoslik: kino san'ati tanqidi va tahlili
5 5150301 Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi
6 5150302 Aktyorlik san'ati: musiqali teatr aktyorligi
7 5150303 Aktyorlik san'ati: qo`g`irchoq teatri aktyorligi
8 5150304 Aktyorlik san'ati: estrada aktyorligi
9 5150401 rejissorlik: qo`g`irchoq tetri rejissorligi
10 5150402 rejissorlik: estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi
11 5150406 rejissorlik: kino va televideniye rejissorligi
12 5151402 Texnogen san'at: kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi

ONA TILI VA ADABIYOTI

TARIX

3.1

1.1

13 5151500 Kino-teleoperatorlik

FIZIKA

MATEMATIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

14 5151602 Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya
15 5151605 Xalq ijodiyoti: ashula va raqs
16 5151700 Madaniyat va san'at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish

TARIX

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

1.1

17 5151800 San'atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash

MATEMATIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

1.1

18 5350600 Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo`yicha)

MATEMATIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

INGLIZ TILI

3.1

2.1

1.1

19 5610400 Ijtimoiy-madaniy faoliyat

TARIX

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

1.1

O‘TISH BALLARI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili O‘tish ballari
Davlat granti To‘lov shartnoma

QABUL REJASI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili Jami Davlat granti To‘lov shartnoma
1 Kasb ta'limi: xalq ijodiyoti (cholg`u ijrochiligi) o'zb 15 7 8
2 Kasb ta'limi: xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi) o'zb 5 2 3
3 Kasb ta'limi: xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi) rus 5 1 4
4 San'atshunoslik: sahna va ekran san'ati dramaturgiyasi o'zb 7 2 5
5 San'atshunoslik: kino san'ati tanqidi va tahlili o'zb 13 3 10
6 Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi o'zb 16 4 12
7 Aktyorlik san'ati: musiqali teatr aktyorligi o'zb 16 4 12
8 Aktyorlik san'ati: qo`g`irchoq teatri aktyorligi o'zb 16 4 12
9 Aktyorlik san'ati: estrada aktyorligi o'zb 7 2 5
10 Aktyorlik san'ati: estrada aktyorligi rus 5 1 4
11 rejissorlik: qo`g`irchoq tetri rejissorligi o'zb 6 2 4
12 rejissorlik: qo`g`irchoq tetri rejissorligi rus 4 0 4
13 rejissorlik: estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi o'zb 8 2 6
14 rejissorlik: estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi rus 4 0 4
15 rejissorlik: kino va televideniye rejissorligi o'zb 12 4 8
16 rejissorlik: kino va televideniye rejissorligi rus 6 2 4
17 Texnogen san'at: kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi o'zb 10 2 8
18 Kino-teleoperatorlik o'zb 10 2 8
19 Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya o'zb 35 7 28
20 Xalq ijodiyoti: ashula va raqs o'zb 40 8 32
21 Madaniyat va san'at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish o'zb 33 7 26
22 Madaniyat va san'at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish rus 17 3 14
23 San'atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash o'zb 25 5 20
24 Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo`yicha) o'zb 126 24 102
25 Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo`yicha) rus 24 6 18
26 Ijtimoiy-madaniy faoliyat o'zb 25 5 20