O‘zbek davlat konservatoriyasi

1936-yilda tashkil topgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Markaziy Osiyoda ilk tashkil etilgan va musiqa san’ati sohasida professional mutaxassislarni tayyorlaydigan yagona, eng keksa Oliy musiqiy ta’lim muassasalaridan biridir.

O‘zbekistonda konservatoriyaning tashkil topishi, shak-shubhasiz, musiqa va madaniy hayotning o‘sishida murakkab yo‘lni bosib o‘tishi bilan izohlanadi. XIX asrning oxirlarida madaniy-ma’rifiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan jadidchilar jahon madaniyati yutuqlarini o‘lkamizga olib kirishga ulkan hissa qo‘shdilar.

O‘sha vaqtlarda Turkiston o‘lkasiga Y.Zalesskaya, V.Buyukli, F.Saregradskiy, N. Karseva, M. Kolpakova, M.Felitsiant kabi mashhur pianinochilar tashrif buyurishib, Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona kabi shaharlarda o‘z konsertlari bilan chiqishlar qilib, katta yutuqlarga erishdilar.

1884-yili Toshkentda musiqachilar jamiyati tashkil topgan bo‘lib, unga A.Donish, K.Xorazmiy, S.Abdug‘afforov, Z.Furqat, A.Eyhgorn, F.Leysek, N.Mironov, V.Mixalek va boshqalar a’zo bo‘lishgan. Aynan ular keyinchalik Sharq musiqa an’analarini tadqiq qiladigan ilk musiqachilar va musiqashunos pedagoglarni tashkil etgan.

1918-yili Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi tashkil etilib, keyinchalik ba’zi viloyat va shaharlarda uning bo‘limlari ish boshlaydi. Chunonchi, 1921-yili Buxoroda Sharq musiqa maktabi, 1934-yili esa Toshkentda Oliy musiqa maktabi (hozirda V.Uspenskiy nomli ixtisoslashgan musiqa litseyi) faoliyat yurita boshlaydi.

Konservatoriya musiqiy hayotida o‘quv jarayoni bilan birga ijodiy ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Konservatoriyada kamer orkestri, musiqali teatr studiyasi, talabalar kamer orkestri, milliy, damli va estrada cholg‘ulari, xor jamoalari, torli kvartetlar faoliyatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda konservatoriya O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan 26 davlat elchixonalari, Xalqaro Konrad Adenaura fondi, Vladimir Spivakov nomidagi xayriya fondi, 10 nafar xorijiy davlatlar do‘stlik jamiyati bilan doimiy hamkorlik qilmoqda.

So‘nggi yillarda yirik madaniy aloqalar orasida ta’lim muassasasini ovoz akustik jihozlar va musiqiy cholg‘ulari bilan ta’minlash bo‘yicha Yaponiya hukumati granti, Shveytsariya, Rossiya davlatlari elchixonalari grantlari, “Ochiq jamiyat” Xalqaro fondining jamoamiz tomonidan nashr etilgan o‘quv qo‘llanmalariga ajratilgan grantlari, Germaniya, Fransiya, Rossiya davlatlarining konservatoriya jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro musiqa festivallari va ilmiy konferensiyalari uchun ajratilgan grantlar konservatoriyada e’tiborga loyiq ishlarning amalga oshirilayotganini isbotlab turibdi.

Konservatoriya ilmiy faoliyati asosan musiqa ijodiyotini tadqiq qilish masalalari, jahon xalqlari musiqasi tarixi, Markaziy Osiyo xalqlarining musiqa ijrochiligi merosini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Birgina Mustaqillik yillarida konservatoriyamiz professor-o‘qituvchilari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar, o‘quv darsliklari, uslubiy qo‘llanmalar va xrestomatiyalar mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda chop etildi.

Konservatoriya bosib o‘tgan yo‘lga nazar tashlar ekanmiz, uning mamlakat musiqa madaniyati markazi bo‘lishi bilan birga, musiqa san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar yetishtirib beradigan Oliy dargoh ekanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz.

FAKULTETLAR

O'zbek musiqa ijrochiligi fakulteti

Musiqa san'ati fakulteti

Akademik ijrochilik fakulteti

Estrada san'ati fakulteti

Musiqiy pedagogika fakulteti

Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

 

 

 

OLIYGOH JOYLASHUVI

TA’LIM YO‘NALISHLARI

# Shifr Ta’lim yo‘nalishi nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar nomi Ball
1 5111073 Kasb ta'limi: vokal san'ati

ONA TILI VA ADABIYOTI

TARIX

2.1

1.1

2 5111074 Kasb ta'limi: cholg`u ijrochiligi

ONA TILI VA ADABIYOTI

TARIX

3.1

1.1

3 5150100 Bastakorlik san'ati
4 5150201 San'atshunoslik: musiqashunoslik
5 5150501 dirijorlik: akademik xor dirijorligi
6 5150502 dirijorlik: opera-simfoniya dirijorligi
7 5150503 dirijorlik: harbiy (damli) orkestr dirijorligi
8 5150504 dirijorlik: xalq cholg`ulari orkestri dirijorligi
9 5150505 dirijorlik: estrada orkestri dirijorligi
10 5150601 Vokal san'ati: akademik xonandalik
11 5150602 Vokal san'ati: an'anaviy xonandalik
12 5150603 Vokal san'ati: estrada xonandaligi
13 5150604 Vokal san'ati: xor xonandaligi
14 5150701 Cholg`u ijrochiligi: fortepiano (organ)
15 5150702 Cholg`u ijrochiligi: torli cholg`ular (skripka, alt)
16 5150703 Cholg`u ijrochiligi: torli cholg`ular (violonchel, kontrabas)
17 5150704 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (fleyta, goboy)
18 5150705 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (klarnet, fagot)
19 5150706 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (valtorna, truba)
20 5150707 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (trombon, tuba)
21 5150708 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (zarbli cholg`ular)
22 5150709 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (nay-qo`shnay, bayan-akkordeon)
23 5150710 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (chang)
24 5150711 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (rubob prima, qashqar va afg`on rubobi)
25 5150712 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (dutor, dutor bas, dutor kontrabas)
26 5150713 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (zarbli cholg`ular)
27 5150714 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (g`ijjay, g`ijjak alt)
28 5150715 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (g`ijjak qobuz-bas, g`ijjak qobuz-kontrabas)
29 5150716 Cholg`u ijrochiligi: an'anaviy cholg`ular
30 5150717 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (saksafon)
31 5150718 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (trombon)
32 5150719 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (truba)
33 5150720 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (gitara)
34 5150721 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (gitara bas)
35 5150722 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (zarbli cholg`ular)
36 5150723 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (fortepiano)
37 5151400 Texnogen san'at: musiqiy ovoz rejissorligi

ONA TILI VA ADABIYOTI

TARIX

3.1

1.1

O‘TISH BALLARI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili O‘tish ballari
Davlat granti To‘lov shartnoma

QABUL REJASI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili Jami Davlat granti To‘lov shartnoma
1 Kasb ta'limi: vokal san'ati o'zb 7 2 5
2 Kasb ta'limi: vokal san'ati rus 2 0 2
3 Kasb ta'limi: cholg`u ijrochiligi o'zb 12 2 10
4 Kasb ta'limi: cholg`u ijrochiligi rus 4 1 3
5 Bastakorlik san'ati o'zb 8 4 4
6 Bastakorlik san'ati rus 2 1 1
7 San'atshunoslik: musiqashunoslik o'zb 11 4 7
8 San'atshunoslik: musiqashunoslik rus 4 1 3
9 dirijorlik: akademik xor dirijorligi o'zb 10 1 9
10 dirijorlik: akademik xor dirijorligi rus 3 0 3
11 dirijorlik: opera-simfoniya dirijorligi o'zb 2 1 1
12 dirijorlik: harbiy (damli) orkestr dirijorligi o'zb 2 1 1
13 dirijorlik: xalq cholg`ulari orkestri dirijorligi o'zb 2 1 1
14 dirijorlik: estrada orkestri dirijorligi o'zb 1 1 0
15 Vokal san'ati: akademik xonandalik o'zb 13 4 9
16 Vokal san'ati: akademik xonandalik rus 5 1 4
17 Vokal san'ati: an'anaviy xonandalik o'zb 18 5 13
18 Vokal san'ati: estrada xonandaligi o'zb 15 3 12
19 Vokal san'ati: estrada xonandaligi rus 4 1 3
20 Vokal san'ati: xor xonandaligi o'zb 9 3 6
21 Vokal san'ati: xor xonandaligi rus 6 2 4
22 Cholg`u ijrochiligi: fortepiano (organ) o'zb 19 5 14
23 Cholg`u ijrochiligi: fortepiano (organ) rus 11 3 8
24 Cholg`u ijrochiligi: torli cholg`ular (skripka, alt) o'zb 4 2 2
25 Cholg`u ijrochiligi: torli cholg`ular (skripka, alt) rus 5 2 3
26 Cholg`u ijrochiligi: torli cholg`ular (violonchel, kontrabas) o'zb 5 2 3
27 Cholg`u ijrochiligi: torli cholg`ular (violonchel, kontrabas) rus 3 1 2
28 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (fleyta, goboy) o'zb 4 1 3
29 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (fleyta, goboy) rus 2 1 1
30 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (klarnet, fagot) o'zb 4 1 3
31 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (klarnet, fagot) rus 2 1 1
32 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (valtorna, truba) o'zb 4 2 2
33 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (valtorna, truba) rus 2 1 1
34 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (trombon, tuba) o'zb 3 1 2
35 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (trombon, tuba) rus 2 1 1
36 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (zarbli cholg`ular) o'zb 1 0 1
37 Cholg`u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg`ular (zarbli cholg`ular) rus 1 1 0
38 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (nay-qo`shnay, bayan-akkordeon) o'zb 5 2 3
39 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (nay-qo`shnay, bayan-akkordeon) rus 1 0 1
40 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (chang) o'zb 5 2 3
41 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (rubob prima, qashqar va afg`on rubobi) o'zb 10 3 7
42 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (dutor, dutor bas, dutor kontrabas) o'zb 11 3 8
43 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (zarbli cholg`ular) o'zb 2 1 1
44 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (g`ijjay, g`ijjak alt) o'zb 7 3 4
45 Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (g`ijjak qobuz-bas, g`ijjak qobuz-kontrabas) o'zb 5 2 3
46 Cholg`u ijrochiligi: an'anaviy cholg`ular o'zb 21 3 18
47 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (saksafon) o'zb 3 1 2
48 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (trombon) o'zb 3 1 2
49 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (truba) o'zb 3 1 2
50 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (gitara) o'zb 2 1 1
51 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (gitara) rus 1 0 1
52 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (gitara bas) o'zb 2 1 1
53 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (gitara bas) rus 1 0 1
54 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (zarbli cholg`ular) o'zb 2 1 1
55 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (zarbli cholg`ular) rus 1 0 1
56 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (fortepiano) o'zb 4 1 3
57 Cholg`u ijrochiligi: estrada cholg`ulari (fortepiano) rus 1 0 1
58 Texnogen san'at: musiqiy ovoz rejissorligi o'zb 22 4 18
59 Texnogen san'at: musiqiy ovoz rejissorligi rus 3 1 2