Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda tayanch  oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi. Universitet Prezidentimizning 2013-yil 28-iyundagi № PQ 1990-sonli “Huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti negizida tashkil etildi.

Universitet o‘z faoliyatini mustaqil o‘quv va ilmiy-izlanish muassasasi sifatida boshlaganidan to bugungi kunga qadar ko‘p yillik an’analarni o‘zida saqlab kelgan holda, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni faol tatbiq etmoqda, qonun chiqarish va qonun qo‘llashning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental va ilmiy izlanishlar olib bormoqda hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirmoqda.

Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari tarkibiga 192 kishi kiradi, ulardan 40 nafari fan doktori, 110 nafari fan nomzodlaridir. Universitet o‘qituvchilaridan 20 nafari professor, 78 nafari esa dotsent unvoniga ega. Professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 40 yoshni tashkil qiladi.

Hozirgi kunda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan bakalavr, magistr va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar darajasidagi mutaxassislar tayyorlanadi.

FAKULTETLARI

Yurisprudensiya

OLIYGOH JOYLASHUVI

TA’LIM YO‘NALISHLARI

# Shifr Ta’lim yo‘nalishi nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar nomi Ball
1 5240100 Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo`yicha)

TARIX

ONA TILI VA ADABIYOTI

NEMIS TILI

3.1

2.1

1.1

O‘TISH BALLARI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili O‘tish ballari
Davlat granti To‘lov shartnoma

QABUL REJASI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili Jami Davlat granti To‘lov shartnoma
1 Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo`yicha) o'zb 400 15 385
2 Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo`yicha) rus 200 5 195