Jizzax politexnika instituti

Qadim Mirzacho‘l bag‘ridagi Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan Politexnika institutiga dastlabki tamal toshi 1977-yilda qo‘yilgan. Xuddi shu yili Jizzax shahrida Toshkent Politexnika institutining "Umumtexnika" fakulteti tashkil etildi. 1980-yilda ushbu fakultet Toshkent Politexnika institutining Jizzax filialiga aylantirildi.

Mamlakatimiz davlat mustaqilligiga erishgandan keyin kimyoviy texnologiya, elektroenergetika, iqtisod, qurilish, transport sohalaridagi milliy kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar inobatga olingan holda Toshkent Politexnika institutining Jizzax filiali, Toshkent Arxitektura va qurilish institutining Jizzax filiali, Toshkent Kimyo-texnologiya hamda Toshkent Avtomobil yo‘llari institutlarining Jizzaxdagi "Umumtexnika" fakultetlari bazasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi qaroriga asosan Jizzax Politexnika instituti tashkil etildi.

2014-yil 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida" 2012-yil 29-iyundagi 187-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqidagi qarori qabul qilindi.Unga ko‘ra, Jizzax maxsus industrial zonasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish maqsadida Jizzax politexnika institutining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi hamda yangi "Binolar va muhandislik inshootlari injineringi” fakulteti tashkil etilishi belgilandi.

FAKULTETLAR

Avtotransport fakulteti

Sanoat texnologiyasi fakulteti

Arxitektura va qurilish fakulteti

Elektromexanika va radioelektronika fakulteti

Servis fakulteti

OLIYGOH JOYLASHUVI

TA’LIM YO‘NALISHLARI

# Shifr Ta’lim yo‘nalishi nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar nomi Ball
1 5111014 Kasb ta'limi: yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi

MATEMATIKA

FIZIKA

INGLIZ TILI

3.1

2.1

1.1

2 5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

MATEMATIKA

NEMIS TILI

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

3 5310200 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo`nalishlar bo`yicha)

MATEMATIKA

FIZIKA

NEMIS TILI

3.1

2.1

1.1

4 5310600 Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo`yicha)

MATEMATIKA

FIZIKA

FRANSUZ TILI

3.1

2.1

1.1

5 5310700 Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo`yicha)

FIZIKA

MATEMATIKA

NEMIS TILI

3.1

2.1

1.1

6 5310800 Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo`yicha)

FIZIKA

MATEMATIKA

FRANSUZ TILI

3.1

2.1

1.1

7 5310900 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo`yicha)

FIZIKA

MATEMATIKA

NEMIS TILI

3.1

2.1

1.1

8 5320400 Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo`yicha)

KIMYO

MATEMATIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

9 5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo`yicha)

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

10 5321000 Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo`yicha)

KIMYO

MATEMATIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

11 5321200 Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xom ashyo turlari bo`yicha)

FIZIKA

MATEMATIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

12 5340100 Arxitektura (turlari bo`yicha)

MATEMATIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

1.1

13 5340200 Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo`yicha)

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

14 5340400 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo`yicha)

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

15 5340500 Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

16 5340600 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo`yicha)

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

17 5340800 Avtomobil yo`llari va aerodromlar

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

18 5350700 Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo`yicha)

MATEMATIKA

FIZIKA

NEMIS TILI

3.1

2.1

1.1

19 5410500 Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo`yicha)

KIMYO

BIOLOGIYA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

20 5610101 Xizmatlar sohasi: avtomobil transporti

MATEMATIKA

FRANSUZ TILI

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

21 5610102 Xizmatlar sohasi: uy-joy kommunal va maishiy xizmatlar

MATEMATIKA

FIZIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

22 5620100 Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo`yicha)

MATEMATIKA

FIZIKA

FRANSUZ TILI

3.1

2.1

1.1

23 5630100 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

KIMYO

MATEMATIKA

ONA TILI VA ADABIYOTI

3.1

2.1

1.1

O‘TISH BALLARI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili O‘tish ballari
Davlat granti To‘lov shartnoma

QABUL REJASI

Yo‘nalish nomi Ta’lim tili Jami Davlat granti To‘lov shartnoma
1 Kasb ta'limi: yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi o'zb 25 5 20
2 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) o'zb 20 5 15
3 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo`nalishlar bo`yicha) o'zb 60 15 45
4 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo`nalishlar bo`yicha) rus 20 5 15
5 Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo`yicha) o'zb 50 15 35
6 Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo`yicha) rus 20 5 15
7 Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo`yicha) o'zb 60 20 40
8 Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo`yicha) o'zb 25 5 20
9 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo`yicha) o'zb 40 10 30
10 Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo`yicha) o'zb 80 25 55
11 Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo`yicha) rus 20 5 15
12 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo`yicha) o'zb 100 40 60
13 Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo`yicha) o'zb 40 10 30
14 Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xom ashyo turlari bo`yicha) o'zb 50 10 40
15 Arxitektura (turlari bo`yicha) o'zb 25 10 15
16 Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo`yicha) o'zb 80 20 60
17 Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo`yicha) rus 20 5 15
18 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo`yicha) o'zb 45 15 30
19 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo`yicha) rus 15 5 10
20 Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish o'zb 80 30 50
21 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo`yicha) o'zb 40 15 25
22 Avtomobil yo`llari va aerodromlar o'zb 60 15 45
23 Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo`yicha) o'zb 25 5 20
24 Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo`yicha) rus 15 5 10
25 Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo`yicha) o'zb 50 10 40
26 Xizmatlar sohasi: avtomobil transporti o'zb 25 10 15
27 Xizmatlar sohasi: uy-joy kommunal va maishiy xizmatlar o'zb 25 10 15
28 Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo`yicha) o'zb 45 5 40
29 Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo`yicha) rus 15 5 10
30 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) o'zb 25 5 20