Yangiliklar
  • 25.07.2018
  • 8361

Abituriyentlar test o‘tkaziladigan kun va joyni internet orqali bilish mumkin bo‘lgan tizim ishga tushdi

2018/2019 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun navbatdagi xizmat tashkil etildi.

Endilikda abituriyent o‘zining test sinoviga qachon va qaysi smenada borishi hamda test topshiradigan bino va uning manzili haqida oldindan aniq ma’lumot olishi mumkin. Buning uchun testday.dtm.uz sayti orqali tegishli joyga abituriyent o‘zining fuqarolik pasporti seriyasi va raqamini kiritadi hamda aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana (kun) va vaqt (smena)da test sinovlariga kelishi shart, boshqa sana va vaqtda test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz, deb yozadi DTM matbuot xizmati.