Yangiliklar
  • 28.07.2018
  • 9398

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan test sinovlari binolarining xaritasi (foto)

Xabaringiz bor, test sinovlari mamlakatimizda 1-15-avgust kunlari katta sig‘imli binolarda bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoning manzilini aniq bilishi maqsadida Toshkent shahridagi test sinovlari o‘tkaziladigan jami 11ta binoning xaritasini havola etamiz. Quyida ushbu binolarda abituriyentlarni joylashtirish rejasi ko‘rsatilgan.

1, 2, 3, 4, 5 - binolar: “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi binolarida abituriyentlarni joylashtirish rejasi. Manzil: Toshkent sh.Amir Temur ko‘chasi 107-uy.

6-bino: Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasida abituriyentlarni joylashtirish rejasi. Manzil: Toshkent shahri, 3-Niyozbek yo‘li ko‘chasi 57-uy.

7-bino: Xalq iste’mol tovarlarining ko‘rgazma yarmarka savdosi Respublika markazida abituriyentlarni joylashtirish rejasi. Manzil: Toshkent shahri. Beruniy ko‘chasi 41-uy.

8-9-binolar: Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internati binolarida abituriyentlarni joylashtirish rejasi. Manzil: Toshkent sh.Foziltepa ko‘chasi 38-uy.

10-bino: Yunusobod tumanidagi “Tennis” sport majmuasida abituriyentlarni joylashtirish rejasi.

11-bino: “Yoshlik” sport majmuasida  abituriyentlarni joylashtirish rejasi. Manzil: Islom Karimov shohko‘chasi 98A-uy.