YANGILIKLAR
  • 21.07.2020

2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni salkam 1,5 million

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlanganini ma’lum qilamiz, deya xabar berdi DTM matbuot xizmati.

Ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar barcha hududlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (https://abitur.dtm.uz/login) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/oz) orqali, respublikamizning 8 ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli – 798 608 nafar (53,81 %);
  • Sirtqi ta’lim shakli – 648 733 nafar (43,71 %);
  • Kechki ta’lim shakli – 36 744 nafar (2,48 %).

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
  • Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
  • Qoraqalpoq tili – 44 279  nafar (2,98 %);
  • Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).

ILM.UZ barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!