Yangiliklar
  • 09.10.2018
  • 332

OTMlarda kontrakt pulini toʻlash muddati uzaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018-yil 5-oktyabrdagi 11-sonli bayoni bilan respublika oliy taʼlim muassasalarida kontraktni toʻlash muddatlari uzaytirildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriati va magistraturasiga 2018/2019 oʻquv yilida toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini toʻlash muddati 2018-yilning 31-oktyabriga qadar uzaytirildi.

Shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018/2019 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini toʻlash muddatini joriy yilning 15-noyabriga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.