Yangiliklar
  • 09.10.2018
  • 468

Pedagogika boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Toshkent davlat pedagogika universitetiga 2018/2019 oʻquv yili qabuli uchun M.Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari asosidagi bakalavriatga abituriyentlardan hujjatlar 2018-yil 10-oktyabrgacha (yakshanba kuni ham) qabul qilinadi.

M.Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan kelishuvga muvofiq kirish imtihonlari 2018-yil 11-17-oktyabr kunlari oʻtkaziladi.

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriatga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun oʻqish istisno tariqasida joriy yilning 20-oktyabridan boshlanadi.