Yangiliklar
  • 24.10.2018
  • 229

Oʻzbekistonda Moskva energetika instituti filiali tashkil etiladi

Oʻzbekistonda Rossiya Federatsiyasining “MEI” Milliy tadqiqot universiteti filiali tashkil etiladi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida keltirilgan.

Qarorga ko'ra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida “MEI” Milliy tadqiqot universiteti” (Rossiya Federatsiyasi) Federal davlat byudjet oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Moskva energetika instituti - energetika, elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, axborot texnologiyalari va menejment sohasida Rossiyaning yetakchi universiteti. Institut 1930-yilda tashkil topgan.