Yangiliklar
  • 30.10.2018
  • 162

Janubiy koreyaning Аju universiteti Toshkentda filial ochishni rejalashtirmoqda

https://ilm.uz/uploads/photos/80bedf71413653af940895f0da8f79da.jpg

Tashkil etilishi kutilayotgan filialda talabalar arxitektura, elektron muhandislik, muhandislik tizimlarini qurish kabi yo’nalishlarda taxsil olish imkoniga ega bo’lishadi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

2018-yilning 29-oktyabr kuni Moliya vazirligida Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov Aju universiteti (Janubiy Koreya) vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi, deb yozadi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida Toshkentda Adju universiteti kampusi va filialini ochish masalasi muhokama qilindi.

“Toshkentdagi Aju universiteti texnik bilimlar va innovatsiya markaziga aylanishiga umid qilamiz va ishonamiz”, — deya ta’kidladi Aju universiteti Xalqaro aloqalar bo’yicha vitse-prezidenti Jay Ik Lim.

Ma’lum qilinishicha, tashkil etilishi kutilayotgan filialda talabalar arxitektura, elektron muhandislik, muhandislik tizimlarini qurish kabi yo’nalishlarda taxsil olish imkoniga ega bo’lishadi.

Jay Ik Lim aytishicha, talabalarni qabul qilish 2019-yilning kuzida boshlanishi kutilmoqda va qabul kvotasi 420 talabaga mo’ljallangan. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, 2020-yil sentyabr oyidan o’quv dasturiga koreys tilini kiritish ko’rib chiqilmoqda.

O’z navbatida, Moliya vazirligi ushbu loyihani amalga oshirishga kompleks yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, O’zbekiston hukumati talabalar uchun grant dasturlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Aju universiteti (Ajou University) 1973-yilda tashkil etilgan va dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida tan olingan. Universitetda 14 mingdan ortiq talaba taxsil oladi. Universitet o’zining innovatsion xalqaro dasturlari va xorijlik talabalarni keng qo’llab-quvvatlashi uchun e’tirof etilgan. Aju universiteti texnika, tibbiyot va axborot texnologiyalari sohalariga chuqur ixtisoslashgan bo’lib, dunyoning 58 mamlakatining 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamkorlik qiladi.