Yangiliklar
  • 22.11.2018
  • 179

Oliy taʼlim muassasalarida qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha qabul kvotalari ikki barobar oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrda “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab quyidagi ixtisoclik yoʻnalishlarida oliy taʼlim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalarini kamida ikki barobar oshirish koʻzda tutilgan:

 “Issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish va yuritish”;

 “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”;

“Oʻsimliklarni himoya qilish”.

Mazkur Qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bu borada tegishli takliflarni kiritishi belgilangan.