Yangiliklar
  • 24.12.2018
  • 439

Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvbchi talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qiladi. Bu haqda Markaziy Bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin. 

Asosiy mezonlari:

  • oʻquv jarayonida yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlishi;
  • davlat tili, rus tili va kamida bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish – 1-15 fevral 2019-yil, koʻrib chiqish va tanlov – 16-fevral 1-mart.

2018/2019 oʻquv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1-fevraldan boshlab tayinlanadi.