Yangiliklar
  • 05.01.2019
  • 339

Maxsus soʻrovnoma: ILM.UZ bilan abituriyentlik chizigʻini uzing...

Atigi bitta test, 0,1 ball ham Sizni talabalar safiga qoʻshadi yoki aksincha. Shunday ekan, bilimingizni biz bilan boyitib boring va talabalikka dadil qadam tashlang. Buning uchun saytimiz jamoasi oʻz faoliyatini yanayam toʻgʻri tashkil etish, abituriyentlarning bilim darajasini aniqlash hamda vaqtni toʻgʻri taqsimlashga qaratilgan qator loyihalar ustida izlanmoqda. Ayni vaqtda barcha fanlardan mavzulashtirilgan (bepul!) testlar, saytning mobil ilovasi va boshqa qulayliklar ustida jadal ish olib borilmoqda.

Bu jarayonda Sizning har bir fikringiz biz uchun muhim. Qaysi fanlarga qiziqasiz, onlayn imtihonlarga munosabatingiz qanday – shu kabi savollardan iborat maxsus SOʻROVNOMAda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Shuningdek, ushbu soʻrovnomada abituriyentlar uchun dolzarb taklif bildirgan ishtirokchilar sayt maʼmuriyati tomonidan munosib taqdirlanadi. Bu orqali biz nafaqat oʻz faoliyatimizni sizga qulay shaklga oʻgiramiz, balki talabalik sari yani bir qadam olgʻa yurishingizni chin dildan koʻzlaymiz.

 Soʻrovnomada qatnashish.