Yangiliklar
  • 19.01.2019

TATU tarkibida Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etiladi

“Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 20219/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakulteti ochiladi.

Fakultetning asosiy maqsadi respublika iqtisodiyotining real sektori tarmoqlari uchun axborot texnologiyalarini dasturiy taʼminlash, mobil tizimlarni dasturlash, sunʼiy intellekt sohalari boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi.

Fakultetda talabalar toʻlov-kontrakt asosida rus tilida oʻqitiladi.

Fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama tan olinadigan hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlari beriladi.

Fakultetga abituriyentlarni talabalikka qabul qilish va fakultet bitiruvchilarining attestatsiyasi Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida belgilangan tartib, talab va mudatlarga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.