Yangiliklar
  • 18.03.2019

Inha Universitetiga kirish imtihonlari uch marta oʻtkaziladi

Toshkent shahridagi Inxa Universitetida ikki katta tadbir boʻlib oʻtdi. Boʻlgʻusi abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” hamda “2019-2020 oʻquv yilida oʻqishga kirishning yangi shartlari” mavzuidagi press-brifing boʻlib oʻtdi.

Universitet matbuot xizmatidan xabar berilishicha, press-brifing doirasida IUT rahbariyati bu yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar, joriy vaziyat va kelgusi rejalar, jumladan 2019-2020 yillarga rejalashtirilgan oʻzgarishlar: hujjatlarni qabul qilish, shartnoma va grant asosidagi kirish imtihonlarining yangi shartlari, xorijiy talabalar uchun imtiyozlar, yangi grantlar va yoʻnalishlar haqida batafsil soʻz yuritildi.

Inxa Universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov, oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektor, doktor Cho Vu Sug va bosh menejer Hilola Umarova kirish imtihonlari bilan bogʻliq oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Bu yil Toshkent shahridagi Inxa Universitetiga kirish imtihonlari uch marta oʻtkaziladi, bu esa IUT talabasi boʻlish imkonini oshiradi, zero birinchi martadan oʻqishga kira olmagan abituriyent yana ikki imkoniyatga ega boʻladi.

Birinchi kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, shartnoma umumiy summasining muayyan miqdorini toʻlagan abituriyentlar imtihonlarning ikkinchi kuni grant asosida oʻz bilimlarini sinab koʻrishlari mumkin boʻladi.

Registratsiya va kirish imtihonlari davrida qandaydir sabablarga koʻra IELTS yoki TOEFL sertifikati boʻlmagan abituriyentlar imtihonga kiritiladi, faqat universitet saytida https://inha.uz koʻrsatilgan muddatning tugaguncha mazkur hujjatlarni topshirish sharti bilan.

Shuningdek xorijiy talabalar uchun imtiyozlarga katta eʼtibor qaratildi. 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar uchun kirish imtihonlari faqat suhbat shaklida boʻladi, shartnoma summasi esa kamaytiriladi.