Yangiliklar
  • 09.04.2019
  • 183

ILM.UZ bepul mavzulashtirigan testlar xizmatini test rejimida ishga tushirdi

Endilikda ilm.uz sayti orqali mavzulashtirilgan testlarni MUTLAQO BEPUL ishlashingiz, ishlangan mavzu boʻyicha testlarning tahlil (toʻgʻri yoki notoʻgʻri javoblar, toʻplangan ball) bilan tanishishingiz mumkin. Quyidagi fanlar boʻyicha saytda abituriyentlar uchun tavsiyaviy mavzulashtirilgan testlar joylashtirildi:

Fizika

Tarix

Kimyo

Biologiya

Ingliz til (to‘ldirilmoqda)

Mavzulashtirilgan testlarni ishlash tartibi qanday?

Buning uchun kerakli fan va mavzu tanlanadi:

So'ngra sizning so'rovingizga mos testlar soni bo'yicha testlar havola etiladi.

Hozirda sayt jamoasi matematika, ona tili va adabiyot, nemis tili, rus tili, informatika fanlari boʻyicha testlar bazasini shakillantirish va joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Ushbu xizmat test rejimida ishlayotganligi bois orfografik xato boʻlishi ehtimoldan holi emas. Shunday vaqtda har bir testning oʻzida xatolik mavjudligi boʻyicha Telegram messenjeri orqali @quick_edu manzili orqali hamda https://ilm.uz/contact sahifasi orqali xabar berishingizni so'raymiz. Buning uchun sayt ma’muriyati sizlardan minnatdor boʻladi hamda boshqa abituriyentlar uchun testning sifatli boʻlishini ta’minlaydi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur bepul testlarni ishlash uchun sayt orqali roʻyxatdan oʻtgan holda foydalanishmumkin.