Yangiliklar
  • 11.05.2019

Toshkent shahridagi Inha universitetining kirish imtihonlariga onlayn hujjat topshirish boshlandi

Toshkent shahridagi Inha Universitetining (IUT) 2019-2020 oʻquv yili uchun kirish imtihonlariga onlayn hujjat topshirishning ikkinchi oqimi 2019-yilning 8-maydan (10.00) boshlanib, 27-may (17.00) gacha davom etadi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Universitetga kirish istagida boʻlgan abituryentlar, universitet saytidagi manzil orqali mavjud boʻlgan https://admissions.inha.uz onlayn registratsiya formasini toʻldirishlari lozim. Universitetga imtihon topshirish shartlari bilan esa quyidagi ssilka orqali tanishishlari mumkin: https://www.inha.uz/ru/howtoapply.

Onlayn registratsiya mobaynida abituryentlar oʻzlari haqidagi shaxsiy maʻlumotlarini va passport, akademik litsey, kasb-hunar kolleji yoki oʻrta maktabni tamomlagani haqidagi diplomning elektron nusxasini; 086 shakl tibbiy maʻlumotnomani; Shaxsiy suratlarini (3,5x4,5); IELTS yoki TOEFL IBT sertifikatini taqdim qilishlari kerak boʻladi. Agar abituryent akademik litsey, kasb-hunar kolleji yoki oʻrta maktabni hali tugatmagan boʻlsa, oʻquv muassasidan haqiqatdan taʻlim olayotgan maʻlumotnomani taqdim qilishi lozim.

Onlayn hujjat topshirgan boʻlajak talabalar “Kompyuter va Dasturlash Injeneringi” yoʻnalishi uchun matematika va fizika fanlaridan va “Logistika” yoʻnalishi uchun esa matematika fanidan 2-kirish imtihonlarini topshirish imkoniga ega boʻlishadi.

Eslatib oʻtamiz, 2-kirish imtihonlarini topshirmoqchi boʻlgan talabalar Toshkent shahridagi Inha Universiteti vebsaytini muhim xabarlarni oʻtkazib yubormasliklari uchun doimiy ravishda tekshirib borishlari lozim.

“Kompyuter va Dasturlash Injeneringi” yoʻnalishi Grant asosidagi imtihonga kirmoqchi boʻlgan talabalar toʻlov-kontrakti asosida tuzilgan imtihonga almashtirilmaydi, bu degani faqatgina grant asosidagina tuzilgan imtihonlar tekshiriladi.

“Kompyuter va Dasturlash Injeneringi” yoʻnalishi uchun matematika va fizika fanlari va IELTS 5.0 balldan yoki TOEFL IBT 50 balldan kam boʻlmagan holatda;

“Logistika” yoʻnalishi uchun matematika va IELTS 5,5 va TOEFL IBT 71 balldan dan kam boʻlmagan holatda.