Yangiliklar
  • 11.06.2019

ILM.UZdan abituriyentlar uchun maxsus taklif! Testlar narxi 1-avgustgacha 2 barobarga arzonladi

ILM.UZ sayti 2019-yilning 11-iyunidan  2019-yilning 1-avgustigacha abituriyentlarning yanada bilimlarini oshirish, o‘zvaqtlarini oqilona taqsimlash, bilim darajasini aniqlash hamda yaqinlashayotgan kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari maqsadida saytning “Fanlar boʻyicha testlar” va “Sinov imtihoni” opsiyalari boʻyicha narxlarni 2 barobarga kamaytirdi.

Endilikda opsiyalarning narxlari quyidagicha etib belgilandi:

•  Fanlar bo‘yicha testlarni bir marta topshirish narxi – 900 so‘m (saytdan ro‘yxatdan o‘tib, birinchi bor topshirish bepul)

Ushbu opsiyasida tanlangan fan bo‘yicha 30 ta test savoli taqdim etiladi. Unda testni topshirib bo‘lgandan keyin xatoliklar ustida ishlash ya’ni ishlangan test natijasi bo‘yicha natijalar batafsil ko‘rsatiladi.

 Sinov imtihoni bo‘yicha onlayn imtihon topshirish narxi – 2400 so‘m (saytdan ro‘yxatdan o‘tib, birinchi bor topshirish bepul).

 Sinov imtihoni opsiyasida 3 ta fan bo‘yicha DTM standartiga mos 90 ta test savollari taqdim etiladi. Davomiyligi 3 soat. Sinov imtihonini topshirib bo‘lgach, har bir fan bo‘yicha ishlangan testlar bo‘yicha testlar tahlili havola qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu opsiyalardagi testlar DTM standartida malakali o‘qituvchilar tomonidan tuzilgan bo‘lib, kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun tavsiya etilgan.

Bundan tashqari, saytdagi mavzulashtirilgan testlar opsiyasi ham yangilanib, abituriyentlar ulardan bepul foydalanishlari mumkin.

ILM.UZ jamoasi barcha abitiruriyentlarga bilim olishdagi faoliyatlarida omad tilaydi!