Yangiliklar
  • 26.06.2019

Toshkentda Vestminster xalqaro maktabi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 527-sonli qarori bilan Toshkent shahrida Vestminster xalqaro maktabi tashkil etildi.

Qarorga ko'ra, maktab nodavlat taʼlim muassasasi hisoblanib, unda taʼlim jarayoni xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ingliz tilida olib boriladi.

Maktab bitiruvchilariga taʼlim toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi hujjat (shahodatnoma, attestat) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga kirish imkonini beruvchi xalqaro darajadagi dasturlarning diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) beriladi.

Taʼlim maktab tomonidan belgilanadigan toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlari talov asosida muassasadagi jami o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bepul (grant asosida) o‘qishga qabul qiladi hamda kelgusi yillar uchun ham shu tartibda o‘qishni davom ettirishadi.

Mazkur maktab Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Boykent ko‘chasi, 32-uyda joylashgan binoda o‘z faoliyatini boshlaydi.