Yangiliklar
  • 29.06.2019

O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaning huquqshunoslik universiteti filiali ochilishi mumkin

Oʻzbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning yuridik universiteti (University of Law) bilan Oʻzbekistonda universitet filialining faoliyatini tashkil qilish boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

26-iyun kuni London shahrida (Buyuk Britaniya) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R. Davletov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining xizmat safari doirasida Buyuk Britaniyaning yuridik universiteti (University of Law – ULaw) vakillari bilan Oʻzbekistonda universitet filialining faoliyatini tashkil etish masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida ULaw rektori Andrea Nolent ULawning Oʻzbekistonda filiali faoliyatini tashkil etish boʻyicha hamkorlik loyihasini taqdim etdi. Xususan, ular loyiha davomida tomonlarning huquq va majburiyatlari, amalga oshirish bosqichlarini aniqlash, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish. haqida soʻz yuritishdi.

Loyiha biznesni boshqarishda BA dasturlari, Oʻzbekiston qonunchiligi elementlari bilan LLB va Xalqaro savdo huquqi boʻyicha LLB doirasida talabalarni oʻqitishni nazarda tutadi.

Muhokama natijalari boʻyicha tomonlar oʻrtasida “Huquq” va “Biznes” yoʻnalishlari boʻyicha yangi xalqaro universitet Toshkent shahrida (chet el universitetining filiali) tashkil etilishining asosiy tashkiliy masalalari nazarda tutilgan oʻzaro anglashuv haqidagi memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida yuridik kadrlarni amaliyotga tatbiq etishni doimiy rivojlantirish dasturlari amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun: ULaw – Britaniyadagi yuristlar va advokatlar uchun huquqiy darajalarni, maxsus huquqiy tayyorgarlik va malaka oshirish kurslarini taʼminlovchi Birlashgan Qirollikdagi nodavlat notijorat xususiy universitet hisoblanadi.