Yangiliklar
  • 30.06.2019

1-iyuldan Toshkent shahridagi Amity universiteti abituriyentlari uchun dastlabki imtihon boshlanadi

Xabaringiz bor, 2019-yil Prezident qarori bilan Toshkent shahridagi Amiti universiteti tashkil etilganiga haqida xabar bergan edik.

Universitet mutasaddilarining ILM.UZʻga maʻlum qilishlaricha, 2019-yil 1-iyul kuni (ertaga) 1-bosqich (hujjat topshirish) dan muvafqqiyatli o'tgan abituriyentlari uchun dastlabki imtihon (test sinovi) boʻlib oʻtadi. Universitetning bakalavriat taʻlim yoʻnalishidagi 5 ta yoʻnalishi boʻyicha 800 nafarga yaqin abituriyentlar keyingi bosqichga oʻtishni qoʻlga kiritishgan.

Ayni vaqtda Toshkent axborot texnolgiyalari universiteti sport zalida boʻlib oʻtadigan imtihon uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, imtihon shaffof hamda keng jamatchilik imtihon oʻtish jarayonini oliygohning Facebookdagi sahifasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri jonli uzatish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, mazkur universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish boʻyicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.  

Oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan Amiti Universitetining (Hindiston Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.