Yangiliklar
  • 09.07.2019

DTM eng kam tanlangan yo‘nalishlar haqida ma’lumot beruvchi bo‘limni ishga tushirdi

Davlat test markazi https://dtm.uz/info/abt-pr manzilida 2019/2020 o‘quv yili qabulida eng kam tanlangan ta‘lim yo‘nalishlari nomli bo‘limni ishga tushirdi.

Mazkur bo‘lim orqali abituriyentlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlar kesimida qaysi yo'nalishlarga eng kam ro‘yxatdan o'tilayotganini kuzatib borilshlari mumkin.

Izoh: eng kam tanlangan ta'lim yo‘nalishlari bu tanlov ko'rsatkichi eng past bo'lgan yo'nalishlardir. Bunda tanlov ko'rsatkichi faqat birinchi ta'lim yo'nalishiga nisbatan olingan, – deyiladi DTM matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bo‘lim ayni paytda 2019-yil 8-iyulgi (09:00) holatidagi ma’lumotlar asosida berilgan. O‘ylaymizki, ushbu yaratilgan qulaylik har kuni yangilanib boriladi.