Yangiliklar
  • 10.07.2019

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlganlar fuqarolar ish beruvchining tavsiyasi asosida o‘qishga qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining 2019-yil 4-iyuldagi 1-son bayoni bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi, shuningdek,  tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalarining roʻyxati tasdiqlandi, – deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

  1. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
  2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi
  3. Suv xoʻjaligi vazirligi
  4. Energetika vazirligi
  5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
  6. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
  7. Davlat geologiya va minertal resurslar qoʻmitasi
  8. Yer resurslari, geodiziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
  9. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
  10. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi
  11. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
  12. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi
  13. Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi
  14. “Hunarmand” xalq hunarmandlari uyushmasi
  15. Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi “Oʻzbekoziqovqatzahira”
  16. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi
  17. Yogʻ-moy sanoati korxonalari uyushmasi
  18. Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi
  19. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
  20. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
  21. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi
  22. Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasi
  23. “Oʻzbekoziqovqatholding” holding kompaniyasi
  24. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ
  25. “Oʻzgeoburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi
  26. “Oʻzneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi
  27. “Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi
  28. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi
  29. “Oʻzneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyasi
  30. “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmai
  31. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
  32. Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi
  33. “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati

Bunda, tasdiqlangan roʻyxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari 2019/2020 oʻquv yili uchun 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkinligi belgilab qoʻyildi. 

Suhbat natijalariga koʻra sirtqi va kechki taʼlim shakliga oʻqishga tavsiya etilgan, tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentning oʻqishi (sirtqi taʼlim shakli uchun 5 yil, kechki taʼlim shakli uchun 4 yil) uchun toʻlov-shartnoma mablagʻlari ishlab turgan tashkilot (vazirlik yoki idora yoki yirik xoʻjalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlab berilishi taʼminlanadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 20-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;

- umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;

- pasportning nusxasi;

- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat;

- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;

- abituriyentning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma;

- tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar tomonidan pasport qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbatlar 

10-avgustdan 20-avgustga qadar o‘tkaziladi.

ILM.UZ abituriyentlar uchun testlar narxini 1-avgustga qadar 2 barobarga tushirdi.

Batafsil => https://ilm.uz/news/306