Yangiliklar
  • 16.07.2019

2019-yilda OTMlarga 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi va rekord natija qayd etildi

2019-yil 15-iyul kuni 2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish o‘z nihoyasiga yetdi. Qabul yakunlari bilan bog‘liq natijalarni DTM matbuot xizmati xabar berdi.

Respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 30 ta filiallariga kirish uchun 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shundan:

– kunduzgi ta'lim shakliga - 718 097 nafar;

– kechki ta'lim shakliga - 13 821 nafar;

– sirtqi ta'lim shakliga - 335 007 nafar abituriyent ro'yxatdan o‘tdi.

Quyidagi OTMlarda eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan:

1. Samarqand davlat universiteti - 74 377 nafar;

2. Andijon davlat universiteti - 45 977 nafar;

3. Qarshi davlat universiteti - 44 676 nafar;

4. Fargʻona davlat universiteti – 42118 nafar;

5. Urganch davlat universiteti – 39 405 nafar.

Tanlov koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan oliy taʼlim muassasalari:

1. OʻzMU Jizzax filiali – 29.47;

2. Andijon tibbiyot instituti – 21.49;

3. Samarqand davlat universiteti – 17.97;

4. Termiz davlat universiteti Denov filiali – 17.33;

5. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali – 17.11.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 90 ta oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazlarida 4 500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 80 430, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 18 180 va to‘lov-kontrakt asosida 62 250 nafar miqdorida belgilangan.

Test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, abituriyentlar DTM ruxsatnomasini 23-iyul kunidan boshlab ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali olishlari mumkin. Unda koʻrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etiladi.

ILM.UZ jamoasi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi!