Yangiliklar
  • 22.07.2019

Bu yilgi test sinovlariga qanday tayyorgarlik ko‘rilgan?

Joriy yilgi test sinovlari 29-iyul kunidan boshlanadi. 

2019-yilgi qabul test sinovlari uchun 180 ming dan ortiq test topshiriqlari shakllantirilib, 2-bosqich ekspertizasi oʻtkazilgan. Ular oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.

Respublika boʻyicha jami 69 ta bino test sinovlari uchun ajratib olingan. Ularning eng kattasi 1 ming 710 oʻringa ega. 69 ta binoda bir kunda 2 smenada 1 ming 275 ta guruhda 38 ming 310 nafar abituriyent test topshiradi. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda binolar uchun 1 ming 155 tadan ortiq videokuzatuv kameralari, 120 dona mobil aloqalarini toʻsuvchi qurilma, abituriyentlar sonidan kelib chiqqan holda metalloramalar, barmoq izi asosida tanish vositalari tayyorlandi. 

Test sinovlarining adolatli oʻtishini taʼminlash maqsadida bir kunda 2 ming 554 nafar nazoratchi jalb etilgan.