Yangiliklar
  • 30.07.2019

Test sinovlarining ilk kunida 68 736 nafari test sinovlarida ishtirok etdi, 66 nafar abituriyent chetlashtirildi

29-iyul kuni respublika boʻyicha 66 ta katta sigʻimli binolarda test sinovlari boʻlib oʻtdi.

Test sinovlari 2 smenada tashkil etilgan boʻlib, ishtirok etishi belgilangan 71 340 nafar abituriyentdan 68 736 nafari test sinovlarida ishtirok etdi, 2 538 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi. 13 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 53 nafar abituriyent binoda tartib-qoidalarni buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Bundan tashqari, abituriyentlarning test sinovlariga kechikib kelish holatlari kuzatilmoqda.

DTM barcha abituriyentlarga test sinovlari boʻlib oʻtadigan binolarga belgilangan vaqtdan kechikmasdan “Abituriyent ruxsatnomasi” va pasporti bilan kelishlari kerakligini eslatib oʻtadi.

Abituriyentlar test sinovlari oʻtkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat “Abituriyent ruxsatnomasi” va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali kirishlari kerak.