Yangiliklar
  • 20.08.2019

Qo‘qon universiteti tashkil etildi

Hukumatning 2019-yil 17-avgustdagi 683-sonli qarori bilan Qo‘qon universiteti tashkil etildi.

Mazkur oliygoh muassisi "Da Vinci" MChJ hisoblanadi.

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanib, o‘qitish o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bakalavriat va magistraturaga qabul parametrlari, shuningdek, qabul qilish tartibi va qoidalari universitet tomonidan belgilanadi.

Universitetda ta’lim 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.

Har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o'zlashtirish ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universtitet granti asosida) 10 nafardan kam bo'lmagan abituriyentlar o'qishga qabul qilinadi.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.