Yangiliklar
  • 27.08.2019

Fargʻonada Koreyaning xalqaro universiteti tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 714-sonli “Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Universitet respublika iqtisodiyot va sanoat tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlaydi.

Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti sifatida tashkil etiladi.

Universitetda oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida koreys, ingliz va oʻzbek tillarida kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi, bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

2020/2021 o‘quv yilida kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) ro‘yxati:

1. Maktabgacha ta’lim
2. Turizm menejmenti
3. Koreys tili
4. Go‘zallik menejmenti
5. Kompyuter hisob-kitobi menejmenti
6. Internet va axborot-kommunikatsiya
7. Avtomobilsozlik
8. Arxitektura muhandisligi
9. Elektrotexnika-gaz muhandisligi

2021/2022 o‘quv yilida kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) ro‘yxati:

1. Maktabgacha ta’lim
2. Turizm menejmenti
3. Koreys tili
4. Go‘zallik menejmenti
5. Kompyuter hisob-kitobi menejmenti
6. Internet va axborot-kommunikatsiya
7. Avtomobilsozlik
8. Arxitektura muhandisligi
9. Elektrotexnika-gaz muhandisligi
10. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi
11. Hamshialik
12. Fizioterapiya
13. Ijtimoiy farovonlik
14. Kompyuter grafikasi