YANGILIKLAR
  • 28.02.2020

5 ta universitet huzurida Pedagogika instituti tashkil etildi

Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan respublikadagi 5 ta universitet qoshida Pedagogika institutlari tashkil etildi.

Jumladan, hududlarda pedagogik taʼlim infratuzilmasini yaxshilash, taʼlim sohasi uchun mutaxassis tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida quyidagi pedagogika institutlari tashkil etildi:

– Samarqand davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti;

– Andijon davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;

– Buxoro davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;

– Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali va Termiz davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;

– Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali va Qarshi davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.