YANGILIKLAR
  • 13.08.2020

Abituriyent ruxsatnomasini qaysi sanadan boshlab olish mumkinligi maʼlum qilindi

Abituriyent varaqasini qachon olamiz? Imtihon qaysi kuni va qayerda bo‘lishini qanday bilamiz? Ushbu savolga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev javob berdi.

«Test sinovlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Abituriyentlar ruxsatnomani test sinovlari boshlanishidan 10 kun oldin olishlari mumkin bo‘ladi.

Test sinovlari qayerda, qachon bo‘lishi kabi barcha maʼlumotlar abituriyent ruxsatnomasida aks etgan bo‘ladi», dedi Boboyev.

Demak, bu 22-avgust atrofida bo'ladi (ILM.UZ tah.)