YANGILIKLAR
  • 25.09.2020

Abituriyentlar o‘z natijalarini qanday bilishi mumkin?

 Abituriyentlarning tanlov natijalari bugun 15:00 da DTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Hozirda barcha abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilinishini kutmoqda va ILM.UZ (http://ilm.uz/)’ga tanlov natijalarini qanday bilish mumkinligi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Tanlov natijalarini bugun soat 15:00 dan 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi.

Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Natijalar e’lon qilingandan so‘ng test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.