YANGILIKLAR
  • 14.07.2020

Abituriyentlar soni 900 ming nafarda oshdi

2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 14-iyul 18:00 holatiga).

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 938 952 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 418 558 nafar (44,58 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli – 551 257 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli – 368 916 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli – 18 779 nafar.

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili – 825 036 nafar;
  • Rus tili – 87 071 nafar;
  • Qoraqalpoq tili – 24 787  nafar;
  • Boshqa tillar – 2 058 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

  • Samarqand davlat universiteti – 50 434 nafar; 
  • Andijon davlat universiteti – 40 656 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti – 36 981  nafar;
  • Namangan davlat universiteti – 34 922 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti -  34 452 nafar.