YANGILIKLAR
  • 12.07.2020

Abituriyentlar sonini onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi

Davlat test markazi tomonidan yaratilgan qabul.dtm.uz saytida OTMlarga kirish imtihonlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ta’lim yo‘nalishlari kesimida onlayn tanishish imkoni  yaratildi.

Bunda tanlagan oliy ta’lim muassasasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

- qabul rejasi (davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida);

- abituriyentlar soni;

- tanlov ko‘rsatkichi.


Mazkur ma’lumotlar har bir ta’lim shakli bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi va har soatda yangilanadi.