YANGILIKLAR
  • 21.06.2020

Davlat test markazida qo‘ng‘iroqlar markazi ish boshladi

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Davlat test markazida qo‘ng‘iroqlar (murojaatlar) markazi tashkil etildi.

Fuqarolar qabul jarayoni bilan bog‘liq qiziqtirgan barcha savollariga 1195 qisqa raqami orqali bog‘lanib, batafsil javob olishlari mumkin.

Markazning ish rejimi:

– dushanbadan jumagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;
– shanba – soat 9:00 dan 17:00 gacha;
– yakshanba – soat 9:00dan 12:00 gacha;
– tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

Ma'lumot uchun: oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligida ham Call-markaz tashkil etgani haqida xabar bergan edik.