YANGILIKLAR
  • 16.05.2020

Karantin munosabati bilan ILM.UZ saytidan foydalanish endi mutlaqo BEPUL!

Har qanday sharoitda ham ilmga ehtiyoj bor. 

ILM.UZ sayti jamoasi karantin sharoitida o‘z xizmatlarini bepul taqdim etadi. 

Endi siz roʻyxatdan oʻtib, saytdagi barcha testlarni ishlab, DTM test sinovlariga bepul tayyorgarlik koʻrish imkoniga egasiz.

Shu kungacha sayt xizmatlaridan foydalanganlari soni 30 mingdan oshgan boʻlib, endilikda barcha xizmatlar bepul rejimga oʻtkazildi. Shuningdek, saytning rus tilidagi (test rejimida) versiyasi ham ishga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ilm.uz saytida fanlar kesimi bo‘yicha eng toʻliq testlar toʻplami jamlangan va hozirgi kunda ularning umumiy soni 82 000 dan ziyodni tashkil qiladi. 

Saytdagi yana bir afzallik! Blokli testlar DTM imtihonlarining topshirilish tizimidagi oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda, 5 ta fan (3 ta majburiy) kesimidagi yoʻlga qoʻyilgan. Endi istagan yoʻnalish kesimida (texnika, tibbiyot, gumanitar) oʻz bilimlaringizni onlayn sinab koʻrishingiz mumkin. 

Bu yilgi test sinovlarida fanlar majmuasi 2 ta fandan iborat bo'lishi rasman e’lon qilinishi bilan saytimizda ham bu bo‘yicha test topshirish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi hamda bepul bo‘ladi.

ILM.UZ – Oʻzbekistondagi eng yirik onlayn-testlar bazasi orqali oʻz bilim darajangizni sinang, kuchli va zaif tomonlaringizni tahlil qiling va kamchiliklaringiz ustida ishlang.

ilm.uz har qanday sharoitda ham Siz bilan birga!