YANGILIKLAR
  • 02.03.2020

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Qarshi, Nukus va Urganch filiallari ochiladi

Uch shaharda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, respublika viloyatlarida universitetning filiallarini ochish moʻljallanmoqda.

Bunda:

2022-yil Qarshi shahrida;

2023-yil Nukus shahrida;

2024-yil Urganch shahrida.

Bu borada hududlarda kadrlarga boʻlgan talabni oʻrganish, kadrlarga talab mavjud boʻlgan hududlarda hokimliklar bilan kelishilgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, hokimliklar yordamida yillar kesimida universitet filiali tashkil etish uchun moddiy texnika bazasini yaratish, yillar kesimida hududlarda universitet filiallarida oʻquv jarayonini tashkil etish, davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga kiritish rejalashtirilgan.