YANGILIKLAR
  • 18.05.2020

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida qabul jarayonlari boshlandi

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida 2020-2021 oʻquv yili uchun qabul jarayoni boshlandi.

Institutda quyidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari mavjud:

  • Arxitektura va shaharsozlik;
  • Qurilish;
  • Muqobil energiya;
  • Turizm;
  • Biznesni boshqarish;
  • Xalqaro iktisodiy munosabatlar;
  • Xalqaro marketing;
  • Maktabgacha taʼlim;
  • Boshlangʻich taʼlim;
  • Koreys tili filologiyasi;
  • Chiroy estetikasi;
  • Liboslar dizayni;
  • Bank ishi;
  • Buxgalteriya;
  • Moliya;
  • English education;
  • Lift muhandisligi;
  • Axborot tizimlar muhandisligi (rejada).

 

Abituriyentlar xujjatlarni onlayn ravishda admission.ytit.uz veb sahifasi orqali topshirishlari mumkin.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

• Pasport nusxasi;

• Maktab/litsey/kollejni tamomlaganligi haqidagi hujjat (diplom/attestat);

• Rasm – 3.5x4.5sm (rasmga tushgan muddati 3 oydan oshmagan boʻlishi lozim);

• Mavjud boʻlsa IELTS (5.5) yoki TOPIK (3) sertifikatlar nusxasi.

Kirish imtihonlari avgust oyida institut binosida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Imtihon qay tarzda boʻlishi va sanalari xaqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi. Taʼlim yoʻnalishidan kelib chiqqan holda, imtihon fanlari quyidagicha:

• Arxitektura va shaharsozlik – Matematika va ingliz tili;

• Qurilish - Matematika va ingliz tili;

• Turizm – Tarix va Ingliz tili;

• Muqobil energiya – Matematika va Ingliz tili;

• Biznesni boshqarish - Matematika va Ingliz tili;

• Xalqaro marketing - Matematika va Ingliz tili;

• Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - Matematika va Ingliz tili;

• Boshlangʻich taʼlim – Ona tili (oʻzbek, rus tili) va Ingliz tili;

• Maktabgacha taʼlim – Biologiya va Ingliz tili;

• Koreys tili filologiyasi – Ingliz tili va ona tili (oʻzbek, rus tili);

• Chiroy estetikasi - Kimyo va Biologiya;

• Bank ishi - Matematika va Ingliz tili;

• Buxgalteriya - Matematika va Ingliz tili;

• Moliya - Matematika va Ingliz tili;

• English education – IELTS 5.5 sertifikati yoki suhbat;

• Liboslar dizayni – Ijodiy imtihon (Qalamtasvir va kompozitsiya libos);

• Lift muhandisligi – Matematika va Fizika. 

Abituriyentlar til bilish boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan taqdirda IELTS (5.5) ingliz tili imtihonidan va TOPIK (3) koreys tili imtihonidan ozod etiladi.

Shuningdek, yangi oʻquv yilidan boshlab kechki va sirtqi taʼlim turlari boʻyicha xujjatlar qabul qilinadi.

 

Institut tomonidan iqtidorli abituriyentlar uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

· IELTS 7 yoki TOPIK 4 darajaga ega boʻlgan abituriyentlar institutning 1-kursiga insho va suhbat orqali qabul qilinadilar;

· Soʻnggi 2 yil ichida Matematika, Ingliz tili, Ona tili va adabiyoti, Biologiya, Kimyo va Tarix fanlaridan Xalqaro va Respublika olimpiadalarda 1-2-3-oʻrinlarni egallagan abituriyentlar suhbat asosida institutning 1-kursiga qabul qilinadilar.

· Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar oʻquv kurslari davomida Koreya Respublikasining bir qator nufuzli oliy oʻquv yurtlari boʻlgan Hanyang University, Busan University, Chung Cheong University, Chosun University, Gachon University, Jeoju University va Yeoju Institute of Technologies taʼlim dargohlarida “2+2” dasturi boʻyicha oʻqishni davom ettirish imkoniyatlariga ega.

 

Maʼlumot uchun: Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti, 2018-yilning 24-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan olingan oliy taʼlim sohasida xizmat koʻrsatish uchun litsenziyasi asosida faoliyat boshlagan. Institut faoliyatini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi “Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1007-sonli qarori qabul qilindi.

Qabul jarayoni hamda boshqa savollar boʻyicha batafsil maʼlumot olish uchun:

Tel.: 78-129-40-40.

Veb sayt: www.ytit.uz

Telegram: @yodju, @ytit2020

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir, 156.

Moʻljal: Janubiy vokzal.