Abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar

Quyidagilar OTMlariga kirishda imtiyozga ega:

– Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;

– xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari boʻlgan bitiruvchilar;

– Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;

– “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari;

– “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi gʻoliblari;

– tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari;

– Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari;

– “Nihol” mukofoti sovrindorlari;

– Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yoʻnalishlariga);

– toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar;

– Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtab, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar;

– chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;

– harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga ega boʻlganlar.