Foydalanish shartlari

Umumiy ma’lumotlar

Mazkur ILM.UZ  loyihasi “Quick Education Group” NTM ga tegishli va u tomonidan boshqariladi. Loyiha quyidagi yuridik manzilda ro‘yxatdan o‘tgan: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Markaz 17-18 4/82 uy.

Agar Sizda savollar tug‘ilsa quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: support@ilm.uz

ILM.UZ saytiga ro‘yxatdan o‘tishi foydalanuvchi foydalanish shartlarini hech qanday istisnosiz qabul qilgan hisoblanadi. Iltimos, foydalanish shartlari bilan tanishib chiqing.

Agar siz 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, ota-onangiz yoki vasiy shaxs nazorati ostida saytdan foydalanishingiz mumkin.

ILM.UZ sayti oldindan ogohlantirmasdan o‘ziga tegishli kontentni o‘zgartish, o‘chirib tashlash va to‘ldirish huquqini saqlab qoladi.

Foydalanuvchi akkaunti

ILM.UZ sayti ma’lumotlaridan to‘liq foydalanishingiz uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz hamda to‘lovni amalga oshirishingiz kerak. Saytdan ro‘yxatdan o‘tishingiz uchun foydalanish shartlari bilan to‘liq tanishib chiqishingiz zarur. Siz o‘zingizga tegishli bo‘lgan akkauntdan qilingan barcha harakatlarga javobgarlikni o‘z bo‘yningizga olasiz. Siz ro‘yxatdan o‘tish davomida taqdim etilgan ma’lumotlar haqiqiy va sizga tegishli ekanligiga kafolat berasiz.

ILM.UZ sayti foydalanuvchi ma’lumotlarini uchinchi tomonga berilmasligini va boshqa maqsadlarda foydalanmasligiga kafolatlaydi.

Mualliflik huquqi

ILM.UZ sayti va unda taqdim etilgan barcha ma’lumotlar “Quick Education” NTMga tegishli. Saytdagi ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanilganda O‘zbekiston Respublikasi tegishli qonunlariga ko‘ra foydalangan tomon javobgarlikka tortiladi.

ILM.UZ sayti boshqalarning muallilik huquqini hurmat qiladi. Agar siz saytda berilgan qaysidir ma’lumot sizga tegishli deb hisoblasangiz quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: support@ilm.uz

Akkauntni o‘chirish

Siz o‘z xohishingizga binoan saytdan foydalanishni istalgan vaqtda to‘xtatishingiz mumkin. ILM.UZ sayti hech qanday ogohlantirishlarsiz istalgan foydalanuvchi akkauntini o‘chirib tashlash yoki sayt ma’lumotlaridan foydalanish shartlarini buzish hollari qayd qilinganda akkauntni to‘xtatib qo‘yish huquqini saqlab qoladi.

Agar siz akkauntingizni o‘chirib tashlasangiz, sizning saytdan foydalanish huquqingiz ham to‘xtatiladi. Akkauntni o‘chirishni istasangiz biz bilan “Aloqa” sahifasi orqali biz bilan bog‘laning.

Fors major

ILM.UZ va foydalanuvchi orasidagi qonunchilik munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunlariga va foydalanish shartlariga asosan olib boriladi. Foydalanuvchi foydalanish shartlarini o‘zgarishlar va to‘ldirishlardan xabardor bo‘lib turish uchun tekshirib turish majburiyatini o‘z bo‘yningizga olasiz. ILM.UZ sayti foydalanish shartlarini o‘zgartirish va to‘ldirib borish huquqini saqlab qoladi.