Yangiliklar
  • 13.07.2018
  • 65

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida abituriyentlar uchun ijodiy imtihon bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 11-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) hamda O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan dastlabki 600 nafar abituriyent ijodiy imtihon topshirdi. Bu haqda universitetning matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Insho yozish insonning dunyoqarashi, fikrlashi va savodxonlik darajasini ko‘rsatib beruvchi eng yaxshi usuldir. Shuni inobatga olgan holda mazkur universitetga kirish istagidagi abituriyentlar insho yozish sinovidan o‘tkaziladi.

Ijodiy imtihonning birinchi kuni muvaffaqiyatli o‘tdi. 600  nafar abituriyent 30 kishidan iborat 20 ta guruhga bo‘lindi. Har bir guruh alohida auditoriyalarda insho yozdi. Ijodiy imtihon bo‘lib o‘tadigan xonaning to‘rt burchagiga kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, imtihon jarayonlari qattiq nazorat ostida o‘tkazildi. 

Abituriyentlar esa jarayonning adolatli va shaffof olib borilayotganidan mamnunlar.