Yangiliklar
  • 13.07.2018
  • 169

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga kirish imtihonlaridan tarix fani olib tashlandi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga kirishi imtihonlarida tarix fani bo‘lmaydi. Bu haqda universitet matbuot kotibi O‘zAga ma’lum qildi.

“Eng katta yangilik bu — ikkinchi blokdagi tarix fani olib tashlanib, o‘rniga ijodiy imtihon qo‘yilganidir”, degan u.

Ma’lum bo‘lishicha, ijodiy imtihonlar ikki bosqichda – birinchi bosqichida soha mutaxassislari ishtirokida og‘zaki suhbat o‘tkazilsa, keyingi bosqichda esa abituriyentlar berilgan topshiriq bo‘yicha ijodiy ish yozishlari talab qilinadi.

Ijodiy imtihonlarda jurnalistika sohasini tanlagan abituriyentning nutqi ravonligi, fikrining aniq va lo‘nda bildira olishi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.

Ijodiy imtihonning umumiy bali 63 ball (2.1x30). Imtihonning og‘zaki sinoviga eng yuqori – 26 ball qo‘yilishi belgilangan bo‘lsa, yozma imtihon uchun 37 ballgacha baholanadi. Yozma imtihonda abituriyentning muayyan bir mavzuni qanchalik mohirona yoritib bera olish salohiyati sinovdan o‘tkaziladi.

Bu yilgi ijodiy imtihonlar ikki kun – 17-19 iyul kunlari o‘tkaziladi. Birinchi kuni og‘zaki imtihon bo‘ladi.

Eslatib o‘tish joiz, shu kungacha abituriyentlar jurnalistika fakultetlariga kirish uchun ona-tili, tarix va chet tili fanlari hamda ijodiy imtihondan o‘tishi lozim bo‘lgan