Yangiliklar
  • 14.07.2018
  • 203

Abituriyentlar o‘qish shakllarini tanlash imkoniyati bor

Abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruqqa o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan ariza to‘ldirish jarayonida quyidagi o‘qish shakllaridan tanlash imkoniyati mavjud:

— kunduzgi;

— maxsus sirtqi;

— sirtqi;

— kechki.

Bundan oldin arizada faqat kunduzgi va maxsus sirtqi o‘qish shakllarini tanlash imkoni mavjud bo‘lgan.