Yangiliklar
  • 24.06.2016
  • 13960

DTM saytida hujjat topshirgan abituriyentlar soni haqida onlayn ma’lumot beruvchi bo‘lim ishga tushdi

2016/2017-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari shakllantirildi. Unga ko‘ra, 2016/2017-o‘quv yili uchun bakalavrlarni 57 907 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 19 120 va to‘lov-kontrakt asosida – 38 787 nafar miqdorida; magistrlarni 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1548 va to‘lov-kontrakt asosida – 3452 nafar miqdorida qabul qilish belgilandi.

23-iyun kuni DTM saytida abituriyentlar uchun maxsus sahifa ishga tushdi. Mazkur sahifada OTMlarga hujjat topshirayotgan abituriyentlarning soni real vaqtda nechta bo‘lganligini kuzatish mumkin.

Shuningdek, ushbu sahifada respublikadagi barcha OTMlarning yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari ham ko‘rsatilgan.
Ushbu xabar kiritilayotgan vaqtda hujjat topshirgan abituriyentlar soni butun respublika bo‘ylab, 11761 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozircha respublika bo‘yicha Andijon davlat universtetiga eng ko‘p, 5018(29-iyun holatiga ko‘ra) nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili hujjat topshirgan abituriyentlar soni bo‘yicha rekord natija qayd etilgan edi. 605 836 ta bo‘lib, bir o‘ringa o‘rtacha tanlov 10,45 ni tashkil etgan.